Qadimgi Xitoy tangalari


Qadimgi Xitoy tangalari

  Qadimgi Xitoy tangalari haqida. Eng qadimgi tangalar o'z ichiga dastlabki ushbu turdagi tangalarni o'z ichiga oladi:

Bahorlar va kuzlar davrida Miloddan avvalgi 770–476 yillarda ), marosim almashinuvlarida ishlatiladigan kovri qobiqlariga taqlid qilib ushbu shaklini olgan tangalar hisoblanadi. Xuddi shu hukmronlik davrida ishlab chiqarilgan ushbu birinchi metall tangalar muomalaga kiritildi, biroq, ular dastlab yumaloq shaklda emas, balki pichoq shaklida yoki belkurak shaklida zarb qilingan edi. Dumaloq shakldagi metall tangalar dastlab dumaloq ko'rinishda , so'ngra esa markazida kvadrat teshigi bor tangalar birinchi marta eramizdan avvalgi 350- yillar atrofida muomalaga kiritilgan edi.  Qin sulolasining hukmronligining boshlanishida (Miloddan avvalgi 221-206 ), Xitoyni birlashtirgan birinchi sulola imperatorlari tomonidan , butun imperiya uchun standartlashtirilgan tanga zarb qilindi. Keyingi sulolalar imperatorlik davrlarida bu dumaloq tangalarda o'zgartirishlar kiritishdi. Dastlab tangalar pullar muomalasidan foydalanish faqat poytaxt tumanlari boʻylab cheklanib qolgan boʻlsa, Xan sulolasi hukmronligining boshlarida tangalar soliqlar, maoshlar va jarimalar toʻlash uchun keng qoʻllanila boshlandi.

Qadimgi Xitoy tangalari yevropa tangalaridan tubdan farq qiladi. Xitoy tangalari qoliplarga quyish yo'li bilan ishlab chiqarilgan, Yevropa tangalari esa odatda kesilgan va bolg'alangan yoki keyingi davrlarda maydalashgan . Xitoy tangalari odatda mis, qalay va qo'rg'oshin, bronza, guruch yoki temir aralashmalaridan yasalgan: oltin va kumush kabi qimmatbaho metallar juda kam ishlatilganligi sababli tanga metallarining qiymati va tozaligi sezilarli darajada o'zgarib turardi. Xitoy tangalarining aksariyati o'rtada kvadrat teshigi bilan ishlab chiqarilgan. Bundan ko'zlangan maqsad tangalar kolleksiyalarini kvadrat tayoqchaga o'rashga qulay imkoniyat yaratishi uchun ishlatila olishi edi, shunda qo'pol qirralari silliq bo'lishi mumkin, keyin esa ishlov berish qulayligi uchun iplarga ham o'raladi.

Rasmiy tanga ishlab chiqarish har doim ham markazlashtirilmagan, ammo butun mamlakat bo'ylab ko'plab zarbxonalar orqali tarqatilishi mumkin edi. Rasmiy zarbxonalarda ishlab chiqarilgan tangalardan tashqari, xususiy zarbxonalarda ishlab chiqarilgan tangalar tarixning ko'p bosqichlarida keng yoyilgan bo'lib, vaqt o'tishi bilan xususiy tanga pullarga qarshi kurashish , uning ta'sirini cheklash hamda uni noqonuniy qilish uchun turli choralar ko'rildi. Boshqa paytlarda esa xususiy tanga chiqarishga yo'l qo'yildi. Tangalar tarixning turli bosqichlarida turlicha ko'rinishda bo‘lgan.

Ba'zi turdagi tangalar juda katta miqdorda ishlab chiqarilgan bo'lib - G'arbiy Xan hukmronligi davrida, zarbxonalarda yiliga o'rtacha 220 million dona tanga ishlab chiqarilgan. Ammo , afsuski boshqa turdagi tangalar cheklangan miqdorda ishlab chiqarilganligi va qisqa muddat muomalada bo'lganligi sabab bugungi kunda juda kam uchraydi - Sharqiy Vu sulolasidan (222-280) Da Quan Vu Qianning faqat oltita namunasi borligi ma'lum. Baʼzan katta hajmdagi tangalar ham topilgan. Masalan, Tszyansuda 4000 ta Tay Qing Feng Le tangalari va Shaansidagi Chjanpu shahrida turli ogʻirlik va oʻlchamdagi 1000 ta Ban Liang tangalari boʻlgan muhrlangan tanga saqlanadigan katta hajmdagi idish topilgan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search